Toshkentda hozir . AI sotuvchi javob beryapti.
Siz uxlaysiz.
Savdo uxlamaydi.
AI sotuvchi Telegram akkauntingizda mijozga soniyalarda javob beradi, narxni katalogdan aytadi va buyurtmani o'zi rasmiylashtiradi. Kechasi ham, bayramda ham.
- Bepul
- Majburiyatsiz
- Jonli ko'rsatamiz
Mijoz 23:40 da yozdi: "Bu ko'ylak qancha?" Siz uxlayotgan edingiz. Javob ertalab 09:15 da ketdi. U allaqachon boshqa do'kondan olib bo'lgan edi.
Mijozlar haftasiga 168 soat yozadi
Eng yaxshi sotuvchi ham kuniga 9 soat, haftasiga 6 kun ishlaydi. Qolgan vaqtda kelgan xabarlar kutib turadi, mijoz esa kutmaydi.
- Sotuvchi ishlaydi
- 0 soat
- Javobsiz qoladi
- 0 soat
- AI sotuvchi
- 0 soat
Har oy qancha pul yo'qotyapsiz?
O'z raqamlaringizni kiriting. Hisob shu sahifada, hech qayerga yuborilmaydi.
Bitta buyurtmaning yo'li
Siz uxlayotganingizda nima bo'ladi. Pastga aylantiring.
Mijoz yozadi
Siz uxlayapsiz. Xabar odatdagidek akkauntingizga keladi va AI uni darhol o'qiydi.
Javob katalogdan olinadi
AI narx va razmerni eslab qolmaydi, har safar katalogingizdan oladi. Shuning uchun adashmaydi.
Buyurtma yaratiladi
Summani tizim hisoblaydi, AI emas. Buyurtma panelda paydo bo'ladi.
Chek guruhingizga tushadi
Mijoz chek yuboradi. U buyurtmaga biriktirilib, xodimlar guruhining To'lovlar mavzusiga tushadi.
Siz bir tugma bosasiz
Pul kelganini ko'rib tasdiqlaysiz. AI mijozdan manzilni so'rab, suhbatni o'zi davom ettiradi.
Narxni o'ylab topmaydi. Tekshirib ko'ring.
AI chiroyli gapiradi, lekin narx, qoldiq, chegirma va yetkazib berish shartlarini faqat bazangizdan oladi. Bazada javob bo'lmasa, taxmin qilmaydi: savolni sizga beradi.
Savollardan birini bosing va javob qayerdan olinganini ko'ring.
Assalomu alaykum! Nafis Libos do'koni. Nima qiziqtiradi?
Akkauntingizga ulaymiz
Telegram Business orqali. Mijozlar avvalgidek sizning akkauntingizga yozaveradi.
Katalogni kiritamiz
Mahsulotlar, narxlar, razmerlar, rasmlar, to'plamlar va yetkazib berish shartlari.
Guruhingizni ulaymiz
Cheklar va qiyin savollar xodimlar guruhiga tushadi. Shu bilan AI sotishni boshlaydi.
Ko'p beriladigan savollar
Telegram Premium kerakmi?
Ha. AI sizning odatdagi akkauntingizda Telegram Business orqali ishlaydi, Telegram Business esa Premium obunasi bilan ochiladi. Mijozlaringizga hech narsa kerak emas.
AI qaysi tillarda gaplashadi?
O'zbek va rus tillarida. Mijoz qaysi tilda yozsa, o'sha tilda javob beradi.
AI xato narx aytib qo'ysa-chi?
Aytolmaydi. Narx, razmer, qoldiq va chegirma faqat sizning katalogingizdan olinadi, buyurtma summasi serverda hisoblanadi. Katalogda javob bo'lmasa, AI taxmin qilmaydi va savolni sizga beradi.
To'lovni kim tasdiqlaydi?
Siz. Mijoz yuborgan chek buyurtmaga biriktirilib xodimlar guruhingizga tushadi, siz bir tugma bilan tasdiqlaysiz. Shundan keyin AI yetkazib berish manzilini so'raydi.
Instagram va Facebook bilan ishlaydimi?
Hozir Telegram bilan ishlaydi. Instagram va Facebook ulanishi tayyorlanmoqda, ular ham xuddi shu panel va guruhga ulanadi.
Narxi qancha?
Mahsulotlar soni va xabarlar hajmiga bog'liq. Telegramda yozing, do'koningiz uchun aniq narxni aytamiz.
Bugun kechasi ham kimdir yozadi
Unga kim javob berishini hal qiling. Telegramda yozing, AI sotuvchini jonli ko'rsatamiz. Bepul.
Telegramda demo so'rash